O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan so‘mga xorijiy valyuta kurslari 2025-01-18


03/02/2024: Qozog‘istonning g‘arbiy viloyatlari O‘zbekistondan meva-sabzavot olib kelishga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulligi ko‘magida mamlakatimizning “UZTRADE” va “UZKAZTRADE” kompaniyalari vakillari amaliy tashrif bilan Qozog‘istonning Atirau va Aktau shaharlariga tashrif buyurdi. Atirau shahriga tashrifi chogʻida delegatsiya aʼzolari Atirau viloyati hokimi oʻrinbosari Marat Murziev va “Atirau” ijtimoiy tadbirkorlik korporatsiyasi NK boshqaruvi raisi oʻrinbosari Amantay Aytbayev bilan muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvlarda o‘zaro savdoni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsuli hamrohligida Mang‘istau viloyati hokimligida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda Mang‘istau viloyati hokimligining tadbirkorlik va savdo, sanoat-innovatsion rivojlanish, qishloq xo‘jaligi boshqarmalari rahbarlari, Oqtau shahri va Munayli tumani hokimlarining o‘rinbosarlari, viloyat savdo va iste’mol boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Bundan tashqari, “Kaspiy” ijtimoiy-tadbirkorlik korporatsiyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va Mang‘istau viloyatidagi yirik ulgurji savdo markazlari va chakana savdo tarmoqlari vakillari ham uchrashyvda ishtirok etdilar. Jumabay Karagaev bilan uchrashuv chog‘ida Oʻzbekistonning eksport salohiyati va investitsion jozibadorligi haqida maʼlumot berildi. Maʼlumotlar Qozogʻiston tomonida katta qiziqish uygʻotdi. Jumabay Karagayev qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 80 foizi viloyatga import qilinayotganini aytib o’tib oʻzbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan katta manfaatdor ekanini va tomonlar shartnomalarni uzoq muddatga ishlab chiqish boʻyicha ham kelishuvga erishganini taʼkidladi Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari yirik ulgurji savdo markazlari Oqtau shahridagi “KazFruit Company” va “Asar-S” korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab, milliy mahsulotlarimizning raqobatbardoshlik darajasini o‘rgandi. Uchrashuvlar davomida delegatsiya vakillari “Kaz Fruit Company” bilan O‘zbekistondan erta pishar kartoshka yetkazib berish haqida kelishib oldilar.

YUKLAB OLISH